MDH davlatlari III o‘yinlarida — yana bir bronza medal bizniki!

MDH davlatlari III o‘yinlarida — yana bir bronza medal bizniki!

Bugun Ozarbayjonda MDH davlatlari III o‘yinlari doirasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha qizlar o‘rtasida yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi shundaki, eng kuchli sportchilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Marvarid Zuvaydilloeva ham munosib ishtirok etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi!

 Yarim final bahsida Marvarid rossiyalik tajribali sportchi Taisia Larkinaga qarshi maydonga tushdi va kurash 15:12 hisobida yakunlandi.

Yakuniy natijalar:

1. LARKINA Taisia — Rossiya
2. ZABELINA Anastasiia — Rossiya
3. ABASOVA Mirnuray — Ozarbayjon
3. ZUVAYDILLOEVA Marvarid — O‘zbekiston

O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi nomidan Marvarid Zuvaydilloevani va uning murabbiylarini ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!