Farg‘onada U-23 O‘zbekiston Kubogi doirasida jamoaviy bahslar yakunlandi

Farg‘onada U-23 O‘zbekiston Kubogi doirasida jamoaviy bahslar yakunlandi

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Kubogi doirasida bugun qilichbozlik bo‘yicha shpaga yo‘nalishidagi jamoaviy bellashuvlar ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Musobaqa davomida shpagacilar jamoalari o‘zining mahorati, jamoaviy  ruh uyg‘unligi va qat’iyatini namoyon etdilar.
Qizlar terma jamoalari orasida sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
 1-Qoraqalpog‘iston-1
 2-Andijon-1
 3- Buxoro va Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorgarlik markazi

Erkaklar terma jamoalari o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
 1-Andijon
 2-Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 3-Toshkent viloyati va Buxoro

Mazkur musobaqada sportchilarimizning yuksak mahorati va jamoaviy ruhdagi chiqishlari, shuningdek, g’alabaga bo‘lgan ishonchlari alohida e’tirofga loyiq bo‘ldi.
O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklaydi,  kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham ularga yuqori marralar va yorqin g‘alabalar tilaydi.