Farg‘onada kuchli shpagachilar bellashdi!

Farg‘onada kuchli shpagachilar bellashdi!

Bugun O‘zbekiston Kubogining jamoaviy bahslari bo‘lib o‘tdi. Kecha esa shpaga yo’nalishida yakkalik bellashuvlari yakunlangandi.
Maydonda tajriba va iroda to‘qnashib, har bir zarba — g‘alaba sari qadam bo‘ldi. 

O‘g‘il bolalar orasida kuchli janglarda g‘olib va sovrindorlar:

1. Naimov Avezbek – Buxoro
2. Nazirkulov Nuriddin-Guliston
3. Saliev Allayar – Qoraqalpog‘iston
3. Axtamov Kamoliddin- Navoiy

Qizlar bahsida esa kuchli raqobat ostida shohsupa egalari aniqlandi:

1. Murzataeva Dilnaz – Qoraqalpog‘iston
2. Egamberdieva Shahzoda – MVSK
3. Rahimova Sevara – Toshkent
3. Rahmonova Muhlisaxon – Andijon OPSTTM

Har bir bellashuv – bu shunchaki o‘yin emas, balki qat’iyat sinovi. Keskin zarbalar, chiroyli himoyalar va so‘nggi soniyagacha davom etgan janglar tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi.

G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak marralarni tilaymiz!