Yuqorida qayt etilganidek, yaqin fursatda Federatsiya tomonidan mudofaa tizimida qilichboz-sportchilarni tayyorlash uchun qilichbozlikni o‘rgatuvchi
Yuqorida qayt etilganidek, yaqin fursatda Federatsiya tomonidan mudofaa tizimida qilichboz-sportchilarni tayyorlash uchun qilichbozlikni o‘rgatuvchi instruktorlarni yetishtirish tajribasi dastlab Toshkent va Nukus shaharlarida yo‘lga qo‘yiladi. Keyingi bosqichda esa uni bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish rejalashtirilmoqda.
Mazkur uchrashuvda, shuningdek hamkorlik memorandumida belgilangan;
hududlarda qilichbozlik musobaqalarini tashkil etish,
iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoaga yo‘naltirish,
yoshlarni, ayniqsa chaqiruv yoshidagilarni, qilichbozlik sportiga keng jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari va qator istiqbolli loyhalarga ham e’tibor qaratildi.