Paxtakor”da muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Paxtakor”da muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Avval xabar qilinganidek, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Hafta boshida O’zbekiston Mudofaa vaziri, general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov, O’zbekiston qilichbozlik federatsiya raisi o‘rinbosari Hayot Zokirov, bosh kotib Gulnora Saidova, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Yorqin Yoldashev hamda vazirlik sport bo‘yicha mas’ullari “Paxtakor” va “Yoshlik” qilichbozlik zallarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur uchrashuv davomida ikki tomon hamkorligi doirasida:
yaqin fursatda Federatsiya tomonidan mudofaa tizimida qilichboz-sportchilarni tayyorlash uchun qilichbozlikni o‘rgatuvchi instruktorlarni yetishtirish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Ular orasidan kelgusida murabbiylar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.