Jizzaxda sport murabbilari va sportchilari munosib taqdirlandi

Jizzaxda sport murabbilari va sportchilari munosib  taqdirlandi

Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev sportchi yoshlar va murabbiylar bilan uchrashib, ularni tantanali ravishda taqdirladi.  
 
Uchrashuvda viloyatda etishib chiqayotgan qator iste’dodli sportchilarning jahon sport arenalarida erishgan yutuqlari hamda va ular murabbiylarining mehnati viloyat hokimi tomonidan e’tirof etildi. 

Xususan, Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan qilichbozlik bo‘yicha murabbiy Xamroz Xolmurodovga 10 mln so‘m hamda uning shogirdi qilichbozlik milliy terma jamoa a’zosi Samira Shokirovaga 30 mln so‘m pul mukofoti topshirildi.

Mazkur tantanali tadbirda boks va dzudo sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlari  bo’lgan sportchilar va ularning murabbiylari ham taqdirlandi.

Tabriklaymiz! Yaxshi sport natijalari hamda yutuqlar va e’tiroflar bardavom bo’lsin!