O‘zbekiston sablyachilari – Osiyo Kubogi sohibi!

O‘zbekiston sablyachilari – Osiyo Kubogi sohibi! 

Toshkentda davom etayotgan Osiyo Kadet Kubogida O‘zbekiston yigitlar terma jamoasi sablya yo‘nalishida jamoaviy dasturda g‘alabani qo‘lga kiritdi!

Finalda O‘zbekiston terma jamoasi (Alimov Saidibrokhim, Bekjanov Artur, Idoyatov Adis, Kabulov Alisher) Qozog‘iston terma jamosi vakillari bilan shiddatli jang o‘tkazdi va 45:39 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega bo’ldi. 

 Yakuniy natija:
 O‘zbekiston
 Qozog‘iston
 Iroq
 O‘zbekiston-2

Bu g‘alabaning siri – jipslik, ishonch va kuchli jamoaviy ruh edi!

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi nomidan barcha g‘olib va sovrindor sportchilarni, ularning murabbiylarini yutuqlari bilan tabriklaymiz!