Toshkentda yana bir g‘alaba!

Toshkentda yana bir g‘alaba!

Osiyo Kadet Kubogi doirasida bugun shpaga yo‘nalishidagi yigitlar yakka tartibdagi bahslar bo‘lib o‘tdi.

Keskin va murosasiz janglarda barcha raqiblarni ortda qoldirgan ikki o‘zbekistonlik sportchi — Kamalov Koblan va Bagautdinov Vadim finalda o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bellashuv oxirigacha teng kuchda davom etdi. Hisob 14:14 bo‘lgan pallada zal jim bo‘lib qoldi. Hal qiluvchi zarbani esa Kamalov Koblan aniq amalga oshirdi — 15:14!

 Yakuniy natija:
 Kamalov Koblan — O‘zbekiston 
 Bagautdinov Vadim — O‘zbekiston
 Sheshin Aleksandr — Qozog‘iston
 Suyunov Sardor — O‘zbekiston

Bugun qilichbozlik sporti muxlislari haqiqiy dramatik finalni tomosha qilishdi. O‘zbekistonlik qilichbozlar esa yana bir bor o‘z mahorati va irodasini isbotladi! ????????
Tabriklaymiz!