“Paxtakor” sport zalida – qilichbozlik hayajoni avjida!
“Paxtakor” sport zalida – qilichbozlik hayajoni avjida!
Bugun Osiyo Kadet Kubogi doirasida yigitlar shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibda bellashishdi. Shuningdek, muxlislar uchun qiziqarli bo‘lgan qizlar (shpaga) va yigitlar (sablya) jamoaviy uchrashuvlari ham o‘tkazildi.
Eng yorqin lahza – O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Qozog‘iston jamoasi bilan hal qiluvchi final bahsda 45:42 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo Kubogi chempionligiga erishdi!
O‘zbekiston terma jamoa tarkibi:
• Zarina Xamroboyeva
• Sanam Nazarova
• Asal Tashmuhammedova
• Ozoda Usmonjonova
Yakuniy natija:
O‘zbekiston
Qozog‘iston
Qirg‘iziston
Tojikiston
Har bir zarba, har bir ochko tomoshabinlarni hayajonga soldi. Qizlarimiz oxirigacha kurashib, oltin medalni yurtimizga taqdim etishdi.
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi nomidan barcha
g’olib va sovrindor sportchilar va ular murabbiylarini tabriklaymiz!