Toshkentda Osiyo Kadet Kubogi: O‘zbekistonlik qilichbozlar yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi!
Toshkentda Osiyo Kadet Kubogi: O‘zbekistonlik qilichbozlar yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi!
Ayni kunlarda Toshkent shahrida davom etayotgan Osiyo Kadet Kubogi doirasida bugun ham qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi. Qizlar — shpaqa (yakkalik), o‘g‘il bolalar — sablya (yakkalik) hamda qizlar — rapira (jamoaviy) yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlandi.
Rapira (qizlar, jamoaviy):
???????? O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi:
• Sabina Adashalieva
• Muslima Xusanova
• Aneliya Kildeeva
• Shabnam Normamatova
Bizning rapirachi qizlarimiz hal qiluvchi bahslarda yuqori mahorat va jamoaviy ruhni namoyon etib, Osiyo Kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Yakuniy natijalar:
1. ???????? O‘zbekiston
2. ???????? Qozog‘iston
3. ???????? Makao (Xitoy)
3. ???????? Tojikiston
O‘zbekistonlik qilichbozlar - Saidibrokhim Alimov (sablya) hamda shpagada Sanam Nazarova Osiyo Kubogi sohibi!
Osiyo kadet Kubogi musobalarida Milliy terma jamoamiz vakillari barcha kuchli raqiblarni mag’lub etib, oltin medal va kubokni qo’lga kiritishdi.
Yakuniy natijalar;
Sablya (o‘g‘il bolalar, yakkalik):
1. ???????? Saidibrokhim Alimov — O‘zbekiston
2. ???????? Aibar Kayim — Qozog‘iston
3. ???????? Sultanbek Ametbekov — O‘zbekiston
3. ???????? Azimjon Shokirov — O‘zbekiston
Shpaqa (qizlar, yakkalik):
1. ???????? Sanam Nazarova — O‘zbekiston
2. ???????? Salma Aldighaishi — Ummon
3. ???????? Ozoda Usmonjonova — O‘zbekiston
3. ???????? Daria Samodelkina — Qozog‘iston.
Shu tariqa, O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa shohsupaning yuqori pog‘onalarini zabt etishda davom etmoqda.
Yosh qilichbozlarimizni tabriklaymiz va ularga keyingi bahslarda ham omad tilaymiz!