O‘zbekiston qilichbozlari O’MYda
O‘zbekiston qilichbozlari O’MYda
Ayni kunlarida, Toshkent viloyatining eng go‘zal tog‘li manzillaridan birida, yosh qilichbozlarimiz navbatdagi muhim tayyorgarlik bosqichidan o‘tishmoqda.
“Yangiobod” sport bazasida kadetlar terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini (OMY) davom etmoqda.
Ushbu yig‘in asosiy maqsadi — umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari orqali sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish va to‘plashdir
Tog‘ yo‘llarida yugurish, tonggi mashg‘ulotlar, kuch-quvvat komplekslari, nafas mashqlari va jamoaviy ruhda bajarilayotgan har bir mashq — yosh sportchilarimizning kundalik hayotiga aylangan.
“Bu yerda biz sportchilar bilan o’quv-mashgulot jarayonlarida xarakter, iroda va kurash ruhi bilan qurollanyapmiz”, — deydi yig‘in jarayonlarini boshqarayotgan murabbiy Anisa Petrova.
Sportchilarimiz uchun ushbu yig‘in nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki birdamlik, o‘ziga ishonch va kelajak sari dadil qadamlardir.