Qilichbozlarimiz xalqaro yig‘inda!

Qilichbozlarimiz xalqaro yig‘inda!

Ayni paytda O‘zbekiston milliy qilichbozlik terma jamoasining barcha yosh toifalari uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davom etmoqda.

 Bugun erkaklar rapira jamoasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yig‘inga jo‘nab ketdi.
 Ular safar oldidan Toshkentdagi “Paxtakor” sport zalida mashg‘ulotlar olib bordilar.

Ta’kidlash joizki, Moskva yig‘ini — 2025-yil 22–27-iyul kunlari Gruziyada o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

Terma jamoamizga omad tilaymiz! Ishonamiz, qilichbozlarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijalar bilan qaytishadi!