U-13 O‘zbekiston Kubogi – Shpaga yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa g’oliblari aniqlandi

U-13 O‘zbekiston Kubogi – Shpaga yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa g’oliblari aniqlandi

Kecha Toshkent shahrida 
13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida O’zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 
Unda viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan yosh shpagachilar terma jamoalari g‘oliblik uchun kuchli bahs olib borishdi.

 Musobaqa jamoaviy shaklda o‘tkazilib, quyidagi natijalar qayd etildi:
O‘g‘il bolalar jamoalari:
 1-o‘rin – Farg‘ona
 2-o‘rin – Andijon 1
 3-o‘rin – Buxoro 1
 3-o‘rin – Guliston

Qizlar jamoalari:
 1-o‘rin – Qoraqalpog‘iston
 2-o‘rin – Toshkent
 3-o‘rin – Navoiy
 3-o‘rin – Andijon

 Barchg’olib va sovrindor qilichbozlarni tabriklaymiz! 

Ta’kidlash joizki, ushbu musobaqa yosh sportchilarimiz uchun katta tajriba va yangi marralar sari muhim qadamdir.