Xalqaro qilichbozlik turniri yakunlandi
Xalqaro qilichbozlik turniri yakunlandi
31-may kuni Toshkentda o‘tkazilgan Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro qilichbozlik turniri o‘z yakuniga yetdi.
Turnir davomida sablya, rapira va shpaga yo‘nalishlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonlik yosh qilichbozlari o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi:
sportchilar orasida Aida Xasanovadek o‘z kasbiga sadoqat,
Vatanparvarlik va fidoyilik,
qilichbozlik sportiga muhabbat,
do‘stlik va halollik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.
Shpaga yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib jamoalar bilan tanishing:
Yigitlar jamoaviy bahsida:
1. Toshkent viloyati – 1
2. Guliston – 2
3. Qoraqalpog‘iston
3. Guliston – 1
Qizlar jamoaviy bahsida:
1. Qirg‘iziston – 1
2. Qoraqalpog‘iston – 1
3. Qirg‘iziston – 2
3. ROPSTTM
Mazkur Turnir barcha sportchilar uchun katta tajriba maydoniga aylandi. Unda yurtimiz sportchilari nafaqat mahorat, balki do‘stlik va hurmat muhitida musobaqalashishni namoyon etishdi.