Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir doirasida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi
Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir doirasida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar yakunlandi
Kuni kecha Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Aida Xasanova xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro qilichbozlik turnirida rapira yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada raqobat yuqori darajada bo‘lib, sportchilar o’z mahoratlari va jamoaviy uyg‘unlikni namoyon etishdi.
Ahamiyatli jixati ushbu turnir Aida Xasanovaning nomini sharaflash, uning yosh avlodga oldirgan ilhomini davom ettirishga xizmat qildi.
O‘g‘il bolalar jamoalari natijalari:
1-o‘rin — Qozog‘iston
2-o‘rin — Toshkent – 1
3-o‘rin — Toshkent – 3
3-o‘rin — Toshkent – 2
Qizlar jamoalari natijalari:
1-o‘rin — Toshkent – 4
2-o‘rin — Toshkent – 2
3-o‘rin — Toshkent viloyati
3-o‘rin — Milliy klub
Ta’kidlash kerakki, bellashuvlar davomida yosh sportchilar g‘alabaga bo‘lgan intilish va qizg’in sport ruhi bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni hadya etishdi.