Jizzaxda qilichbozlik sporti rivojlanmoqda!

Jizzaxda qilichbozlik sporti rivojlanmoqda!
Kuni-kecha Jizzax shahrida yosh sportchilar va murabbiylar uchun muhim voqea bo‘lib o‘tdi.
Qilichbozlik bo‘yicha mahorat darslari
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Yorqin Yoldashev, sablya yo‘nalishi bo‘yicha xorijlik mutaxassis Aleksandr Jiteskiy, Jizzax viloyati Olimpiya qo‘mitasi ijrochi direktori Akmal Axmedov,
Sport kollejlari va BO‘SM rahbarlari
va sport sohasidagi mas’ullar ishtirokida seminar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Maqsad:
– Qilichbozlik sportini Jizzax viloyatida yanada rivojlantirish
– Murabbiylarning bilim va uslubini yangilash;
– Sportchilarni xalqaro mezonlarga tayyorlashdan iborat. 

Qayd etish kerakki, bunday uchrashuvlar:
 Trenerlar malakasini oshiradi
Sportchilarga yangi ufqlar ochadi

 Mahalliy sport tizimini mustahkamlaydi.