“QILICHBOZLIK SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA OMMALASHTIRISH ISTIQBOLLARI"
“QILICHBOZLIK SPORT TURLARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA OMMALASHTIRISH ISTIQBOLLARI"
Аynan shu mavzuda Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Respublika ilmiy amaliy anjumani o'tkazildi. Anjumanni Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri
B.Sh Raxmatov kirish so'zi bilan ochib berdi.
????Anjumanda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining birinchi muovini Zakirov Xayot Oʻtkirovich, FFU shpaga yoʻnalishi bosh murabbiysi R.R. Kudayev,
Andijon olimpiya, paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qilichbozlik boʻlimi bosh murabbiysi B.M Ganiyev,
Universitetning turli kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, magistrant hamda talabalari ishtirok etgan ushbu konferensiyada bir qator ishtirokchilar o'zlarining anjuman mavzusiga mos maqola, tezis va ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Anjuman so'ngida faol ishtirokchilar maxsus diplom va sertifikat bilan taqdirlandi.