Qilichbozlik sporti hakamlari ilmiy-amaliy seminarda
Qilichbozlik sporti hakamlari ilmiy-amaliy seminarda
Bugun Jizzax shaxrida qilichbozlikning shpaga turi bo’yicha hakamlar uchun navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminar maqsadi respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respiblikasi va Toshkent shaharida faoliyat olib borayotgan qilichbozlik sporti trenerlarining hakamlik borasidagi malaka-mahoratlarini oshirishga qaratilgan.
Seminarni O’QF bosh hakami, xalqaro toifadagi referi Nadejda Ibragimova olib bormoda.
Ertaga seminarning ikkinchi amaliy qismi bo’lib o’tadi, unda hakamlik qoidalari boyicha olingan nazariy bilimlar boyicha video dars orqali sinov topshiriqlari bajariladi.
Amaliy sinovdan qoniqarli o’tgan hakamlar tegishli sertifikatga ega bo’ladi.
Bu kabi malaka oshirish o’quv-amaliy seminarlar orqali, qilichbozlik boyicha nafaqat mahalliy darajadagi, balki, kelgusida xalqaro darajadagi hakamlarning ko’payishiga ham zamin yaratiladi.