U-23 O’zCh; sablya bo’yicha g’olib jamoalar aniqlandi
U-23 O’zCh; sablya bo’yicha g’olib jamoalar aniqlandi
Jizzax shahrida o’tkazilayotgan qilichbozlik sporti bo‘yicha kattalar o‘rtasida U-23 O’zCh doirasida sablya yo’nalishida qizlar va erkaklar terma jamoalari chempionlik uchun bellashdi.
Musobaqa yakunida erkalar jamoasi orasida Qoraqalpog’iston termasi hamda qizlar jamoalari orasida Toshkent shahar jamoasi oltin medalga sazovor bo’ldi.
Ta’kidlash joizki sablyachi qizlar terma jamoalari final bahsida Toshkent shahar va Jizzax jamoalari o’ta shiddatli va qizg’n bahs olib bordi. Yakunda 45:44 natija bilan Toshkent shahar terma jamoadi g’olib bo’ldi.
Biroq Toshkent shahar o’g’il bolalar jamoasi esa Qoraqalpog’iston jamoasigap jangni boy berib, 2-o’rinni egaladi.
Musobaqada g’olib va sovrindor bo’lgan jamoalarga O’QFJizzax viloyati bo’limi raisi Hamroz Xolmurodov medallar taqdim etdi.
Yakuniy natija. Erkaklar:
1. Qoraqalpog‘iston
2.Toshkent
3. Qoraqalpog‘iston 1
3. Qoraqalpog‘iston 5
Qizlar:
1. Toshkent
2. Jizzax
3. Qoraqalpog‘iston 1
3.Qoraqalpogiston 3.