U-23 O’zCh; sablya bo’yicha g’oliblar aniqlandi

U-23 O’zCh;  sablya bo’yicha g’oliblar aniqlandi

Avval xabar qilonganidek, ayni kunlarda Jizzax shahrida qilichbozlik sporti sablya, rapira, shpaga yo‘nalishlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida U-23 O’zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida sablya turi bo’yicha mamlakatimiz viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahridan jami 61 nafar sportchilar g‘oliblik uchun bahsga kirishishdi.
Qizg’n va murosasiz kechgan bahslarda yigitlar o’rtasida Qoraqalpog’stonlik Alpamis Urakbayev hamda qizlar o’ratasida Samira Shokirova chempionlikni qo’lga kiritib, O’zCh oltin medaliga sazovor bo’ldi. 
Yigitlar: (38 nafar)
1. Urakbayev Alpamis - Qoraqalpog’ston
2. Karimboyev Azizbek - Toshkent
3. Kenesbayev Nursultan - Qoraqalpog’ston
3. Dauletnazarov Azizbek - Qoraqalpog’ston
Qizlar (23 nafar)
1. Shokirova Samira - Jizzax
2. Daryabayeva Julduzxan - Qoraqalpag’ston
3. Utabayeva Nargiza - Qoraqalpag’ston
3.Usnatdinova Nargiza-Qoraqalpog’ston.

Barcha g’oliblik va sovrindorlarni tabriklaymiz!