O’zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi Jizzax viloyati bo’limi “10 yoshda”
O’zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi Jizzax viloyati bo’limi “10 yoshda”
Bugun Jizzax shahri “Kiber arena” sport majmuasida O’zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi Jizzax viloyati bo’limi tashkil topganligining 10 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda O’QF vakillari, sport faxrilari, qilichbozlik sporti hakamlari, murabbiylar, Jizzax viloyat hokimligi, viloyat sport boshqarmasi, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Jizzax viloyati hokim o’rinbosari A. A. Savurbayev ochib berdi.
Shuningdek Qilichbozlik federatsiyasi maslaxatchisi, sport faxriysi U.Z.Hikmatullayev O’zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi nomidan federatsiyaning Jizzax viloyati bo’limi 10 yiligi bilan qizg’n qutladi.
Tadbirda qilichbozlik bo’yicha qator Osiyo, Jahon kuboklari va chempionatlari g’olibi hamda sovrindori bo’lgan Samira Shokirova, Sevara G’aniyeva qayd etgan yuqori sport natijalari alohida ta’kidlandi hamda ularga viloyat hokimligining pul mukofotlari va esdalik sovg’alari topshirildi.