Bugun Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi......

Bugun Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari va O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i Bayram O‘temuratov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibayev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qilichbozlik sport turidan murabbiy va ustozlar faol ishtirok etdi.

Unda asosan Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish hamda Respublikamizning boshqa tumanlarida ham qilichbozlik sport turini ochish bo‘yicha bir qancha takliflarini berib o‘tdi.