U-17 O‘zbekiston chempionatining ilk g`oliblari aniqlandi

 

 

U-17 O‘zbekiston chempionatining ilk g`oliblari aniqlandi
Bugun Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar (U-17 o‘g‘il bolalar va qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kunida mamlakatimiz viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog`iston respublikasi qilichbozlari sablya yo`nalishidagi yakkalik bahsida Respublika birinchiligi uchun bellashdi.
Yakunda Qoraqalpog’iston sablyachilari musobaqaning oltin medalini qo`lga kiritib, chempionat g`olibligiga erishdilar.
U-17 O‘zCh, sablya, yakkalik bahsi, qizlar:
1. Kalniyazova Nurxiyat - Qoraqalpog’iston????
2. Abdullajonova Shaxzoda - Toshkent????
3. Sherniyazova Feruza - Qoraqalpog’iston????
3. Xusanboyeva Bibiaisha – Toshkent.????
U-17 O‘zCh, sablya, yakkalik bahsi, o`g`il bolalar:
1.Tajadinov Begzod - Qoraqalpog’iston????
2. Jalgasbayev Alisher - NOPSTTM????
3. Tursinbayev Muhammadali - Qoraqalpog’iston????
3. Ametbekov Sultanbek – NOPSTTM.????
Barcha g`olib va sovrindor sportchilar va murabbilarni tabriklaymiz!????

Eslatib o`tamiz, mazkur U-17 O‘zbekiston chempionati 2025-yil 1–6 fevral kunlari poytaxtimizdagi Paxtakor qilichbozlik zalida bo`lib o`tadi.