Nega kitob o'qish kerak?

Nega kitob o'qish kerak?

Kitoblar bizni qiziqarli suhbatdoshlarga aylantiradi

Siz tinglashni istagan, ular bilan muloqot qilishni istagan odamlar haqida o'ylang. Ular shubhasiz kitobsevarlardir - bu ularning nutqlari qanchalik boyligi, so`z va iboralar, gaplar, yani jumlalarni ravon va qanchalik oson, jonli aytishi, g'ayrioddiy fikrlarni tarqatishi bilan kuzatilishi mumkin.

Kitoblar bizni odamlarni tushunishga o'rgatadi.

Kitobda siz qahramonlar hayotida yashaysiz, ularni ularning ko'zlari bilan ko'rasiz, kuzatib borasiz, ular bilan dramalarni boshdan kechirasiz va nimanidir o'rganasiz. Ko'p kitoblarni o'qish turli xil qiyofalarda rang-barang hayot kechirishga o'xshaydi.

Kitob o`qish jarayoni miyangizni yaxshi holatda saqlanishiga ta'sir etadi.

Kitob juda ko'p o'zaro bog'liqliklardan iborat bo'lib, u bizga katta ma'lumot beradi.

Masalan 400 sahifadan iborat hayajonli uzun yozuv yozish uchun qanday qilib muntazam, uyg'un fikr yuritishingiz kerakligini tasavvur qiling, albatta, buni uddasidan chiqish uchun esa muntazam mutolaa qilish kerak.

Kitob sizning eng yaqin do`stingizga aylansin.

Muborak Yakubova