Toshkentda sportning qilichbozlik turi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati boshlandi.
O`zbekiston Chempionatida sablyachilar orasida g`oliblar nomi aniqlandi
Poytaxtimiz Toshkentda sportning qilichbozlik 3 ta turi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati boshlandi. Ushbu turnir 2021 yil
28 apreldan 3 may kuniga qadar davom etadi. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Toshkent shahri sportchilari mamlakat birinchiligi uchun kurash olib borishdi.
Musobaqaning dastlabki kuni qilichbozlikning sablya turidagi yakkalik bahslari bo`lib o`tdi. Ushbu musobaqa davomida kechgan qizg`in kurashlar yakuniy natijalarga ko`ra kutilganidek Qoraqalpog`istonlik Sherzod Mamutov hamda Zaynab Daibekovalar g`alaba shoxsuppasining eng yuqori-birinci pog`onasidan o`rin olishdi hamda oltin medalni qo`lga kiritishdi.
Sablya yo`nalishida bo`lib o`tgan shahsiy bahslarda jami 40 nafar sportchi ishtirok etdi.
Qilichbozlik bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati. Sablya.
Yarim final:
Bobur Rasulov - Fazil Genjebayev. 15 - 13
Sherzod Mamutov - Musa Aymuratov 15 - 10.
Final:
Sherzod Mamutov - Fazil Genjabayev 15 - 06.
O`zCh yakuniy natija: Sablya. Erkaklar (shahsiy)
1. Sherzod Mamutov
2. Fazil Genjabayev
3. Musa Aymuratov
3. Bobur Rasulov
Qizg`in kechgan bahslarda Zaynab Daibekovaga teng keladigan raqib topilmadi.
Ayollar orasida shaxsiy bahslarda quidagi natijalar qayd etildi.
Yarim final.
Zaynab Daibekova - Ismoilova Sevinch 15 - 09.
Isroilova Venera - Perdebayeva Gulistan 15 - 12.
Final:
Zaynab Daibekova - Perdebayeva Gulistan 15 - 6.
O`zCh yakuniy natija: Sablya. Ayollar (shahsiy)
1. Zaynab Daibekova
2. Perdebayeva Gulistan
3. Isroilova Venera
3. Ismoilova Sevinch.
Musobaqaning ikkinchi kunida qilichbozlikning sablya yo`nalishi bo`yicha jamoaviy bahslar bo`lib o`tdi.
Ushbu jamoaviy bahslar yakuniy natijalariga ko`ra yarim final bellashuvlarida quyidagi jamoalar o`zaro kuch sinashdi.
Ta'kidlash joizki, jamoalar orasida Qoraqolpog`iston jamoasi (Daibekova, Qutlimurotova, Perdebayevam, Yusupbayeva) g`oliblikni qo`lga kiritdi. Shunday qilib yarim final bahslarida:
Toshkent-1 - Jizzax-1. 45-40
Qoraqalpog`iston-1 - Toshkent viloyati-1. 45-34
Final:
Toshkent-1 - Qoraqalpog`iston-1. 45-44
Yakuniy natija: Sablya. Ayollar (jamoaviy):
1. Qoraqalpog`iston-1
2. Toshkent-1
3. Jizzax-1
Erkaklar jamoasi orasida sablya yo`nalishidagi kechgan bahslarda Toshkent-1 jamoasi (Qodirov, Rasulov, Husniddinov, Yahyoqulov) g`alaba shoxsuppasining eng birinchi pog`onasidan o`rin egalladi.
Musobaqaning final bosqichida Toshkent-1 jamoasi Qoraqalpog`iston jamoasi bilan mamlakat birinchiligi uchun kurash olib borishdi. Bellashuv so`ngida Toshkent-1 jamoasi o`z raqibini 45-41 hisobi mag`lub etib, g`oliblikni qo`lga kiritdi.
Yakuniy natija: Sablya. Erkaklar (jamoaviy):
1. Toshkent-1
2. Qoraqolpog`iston-1
3. Toshkent viloyati-1
O`zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati