SUHBAT

BOBUR RASULOV: "Maqsadim jahonda birinchi raqamli o'zbek qilichdozi bo'lish"

Bobur Rasulov, O`zbekiston Milliy terma jamoasi a'zosi respublikamiz miqyosidagi qator musobaqalar g'olibi va xalqaro turnirlar sovrindori. Qilichbozlikning sablya turi bo`yicha 2021 yil aprel oyida Qohira shahri (Misr)da o`smirlar orasida bo'lib o`tgan Jahon chempionati kumush medali sohibi.

- Qilichbozlik bilan nechchi yoshingizda shug'ullana boshlagansiz va bu sport turiga sizni kim qiziqtirgan?

- Qilichbozlik bilan 12 yoshdan shug`ullanishni boshlaganman 2014-yilning ohirida  bu sportga meni qiziqtirgan odam meni yaqin do`stim Dushamboev Jaloliddin bo`ladi. U bilan bitta sinf bitta partada o`qiganmiz shu sportga kilishimga do`stim sababchi bo`ladi

- Oila a'zolaringizdan yana kimlar sport bilan shug'ullanadi?

- Oila a'zolarimdan akam komondan o`q otish sporti bilan shug`ullanadi va ukam ham qilichbozlik bilan shug`ullanadi unga bundanam baland natijalarga erishishiga ozim in shaa Alloh ko`makchi bo`laman.

- Misrda bo'lib o'tgan Jahon kubogida sizda eng esda qolarlik bo'lgan bahs haqida gapirib bering?

- Eng esda qolarli bahs bu yarim finalda uchrashgan misrli raqibim bilan bo`lib o`tgan jang deb hisoblayman. Chunki u ham o`ziga yarasha kuchli sportchi ekanligini ko`rsatdi. Bu jangni esda qolarli taraflari, unda vaziyatni ruhan va mantiqiy aniq tahlil-analiz qila bilish kerak edi, asosiysi trenerim Vladimir Nazlimov bergan to`g`ri tafsiyalari yordamida biz bellashuvni kutilganidek yakunladik.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

- Agar qilichboz bo'lmaganingizda qaysi sport turini tanglagan bo'lar edingiz?

- Bu juda qiyin savol men uchun. Agarda bu sport turi bo`lmaganda o`ylashim bo`yicha futbol bilan shug`ullangan bo`lar edim. Chunki, qilichbozlik bilan shug`ullanishdan oldin futbolga bo`lgan ishtiyoqim baland bo`lgan.

- Qilichbozlik siz uchun nima? Hayot tarzimi yoki shunchaki ermakmi?

- Sir emas, bu sport turi bilan shug`ullana boshlaganimda faqat qiziqishim bor edi, keyinchalik mashg'ulotlar davomida qilichbozlikka ishtiyoqim ortib bordi. Ko`rib turganingizdek hozirgi vaqtda bu sport bilan professional tarzda shug`ullana boshladim. Hozirgi vaqtda men uchun qilichbozlik hayotim mazmuniga aylandi.

6. Hayotingizni qilichbozliksiz tasaruvv qila olasizmi?

- Bu ham men uchun juda qiyin savol. Aytib o'tkanimdek bu sport hayotim mazmuniga aylanib bo`lgan. Shuning uchun men sportsiz, yani qilichbozliksiz hayotimni tasavvur qila olmayman.

7. Kitob mutolaa qilish sizga yoqadimi?

- Kitobga to`xtalganda, kitob mutolaasi nafaqat yoqishi kerak, balki kitob o'qish shart deb o`ylayman, chunki kitob odam shakillanishida juda ham muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa turli janrdagi asarlarni o'qish inson dunyoqarishini kengaytiradi. Shu sabablarga ko`ra murabbiylarimiz ham kitob oqishni tavsiya qiladi.

- Oldingizga qo'ygan maqsad va kelgusidagi rejalaringiz haqida gapirib bersangiz.

- Oldindagi rejalar hozirgidanda yuqori cho`qqilarga erishish, aniqroq qilib aytganda kelgusi yildagi jahon chempionatida birinchi o`rinlarni zabt etish uchun astoydil ter to'rish. Shuningdek, kelgusi Olimpiya o'yinlariga saralash musobaqasida litsenziyani qo`lga kiritib, Olimpiyada golibi bo'lish deb hisoblayman. Men uchun jahon arenalarida Vatanimiz bayrogini yuqoriga ko'tarib o'zbek qilichbozligi rivojiga hissa qo'shish.

- Qilichbozlik sportida erishgan yutuqlaringiz uchun kimlardan minnatdorsiz?

- Albatta, avvalo ota-onamdan, biz yoshlar uchun ajoyib imkoniyat va sharoitlarni yaratib berayotgan Yurtboshimiz, qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati va barcha ustoz-trenerlarimdan shuningdek meni qo`llab quvvatlagan do`stlarimdan cheksiz minnatdorman.

Muborak Yakubova suhbatlashdi.