“Xanchjou-2022”ning “Katta Nilufar”i qurilish sohasida mukofotga sazovor bo‘ldi

“Xanchjou-2022”ning “Katta Nilufar”i qurilish sohasida mukofotga sazovor bo‘ldi

Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlari va xalqaro ko‘rgazma markazining bosh stadioni Xitoyning qurilish va muhandislik sohasidagi nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi. “Katta Nilufar” nomi bilan mashhur stadion o‘tgan yil sentyabr oyida “China Construction Engineering Luban Award” (“Milliy oliy sifatli loyiha”) mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Osiyo o‘yinlarining bosh stadioniga taqdim etilgan yangi “Lyuban” mukofoti 1987 yilda taʼsis etilgan va Xitoyda qurilish sifati uchun oliy mukofot hisoblanadi. Bu mukofot Turar joy qurilishi, shaharlar va qishloqlarni rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼsis etilgan. “Lyuban” mukofoti “Xitoy qurilishining Oskari” nomi bilan mashhur.

Syantan daryosining janubiy sohilida joylashgan “Katta Nilufar”da 2022 yil XIX Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilishi va yopilish marosimlari, shuningdek yengil atletikachilar musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Umumiy maydoni 216 000 kvadrat metrni tashkil etadigan yaqinda qurilgan bu arena 80 173 tomoshabinga mo‘ljallangan.