Suhbat: Zaynab Dayibekova: ''Men uchun g'alaba shohsuppasining har bir pog'onasi qadrli''

Suhbat: Zaynab Dayibekova: ''Men uchun g'alaba shohsuppasining har bir pog'onasi qadrli''

 2021-yil fevral oyida qilichbozlikning sablya turi bo'yicha ketma-ket o'tkazilgan Bolgariya hamda Gruziyadagi xalqaro musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Zaynab Dayibekova bronza medallariga sazovor bo'ldi. Shu munosabat biz Zaynab Daiybekovani suhbatga chorladik.

  - Zaynab Bolgariya va Gruziyada qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan halqaro musobaqalarda erishgan natijangizdan qoniqish hosil qildingizmi?

 - 2021-yil yangi mavsumda bo'lib o'tgan Bolgariya va Gruziyadagi xalqaro turnirlarda men 3-o'rinni qo'lga kiritib, bronza medallariga sazovor bo'ldim. Biroq undan-da yaxshi natijaga erishishim mumkin edi. Biroq, qilichbozlik yo'lakchasidagi vaziyat har soniyada o'zgarishi va birgina harakat bilan raqib zarbasini o'tkazib yuborish mumkin...

Musobaqalarda yaxshi natijalarga erishishimda albatta murabbiylarimning katta hissalari bor, shu bois ham men uchun g'alaba shohsuppasining har bir pog'onasi qadrli

- Gruziyada bo'lib o'tgan xalqaro turnirda qaysi bellashuv qiyin kechdi?

- Gruziyadagi yakkalik birinchiligi uchun kechgan bahslarda men yarim final bosqichida RIO-2016 Olimpiadasining kumush medali sohibasi ukraninalik Yelena Kravatskaya bilan bellashdim. O'ta keskin va murosasiz kechgan jangda har ikkalamizning ham imkoniyatlarimiz teng edi. Afsuski, bellashuvning so'ngi daqiqasida men atiga bir ochko farqi, yani 15-14 hisobi bilan final bosqichiga otish imkoniyatimni raqibimga boy berdim.

- Fevral oyida O'zbekiston terma jamoasi vakillari Sofiya hamda Tbilisi shaharlarida xalqaro o'quv mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishdi. Ushbu yig'inlar haqida gapirib bersangiz.

- Mazkur xalqaro o'quv mashgulot yig'inlari menda katta taasurot qoldirdi. Mahgulotlar avvaliga sal qiyinroq kechdi, lekin keyinchalik jarayonga moslashib, zor ishtiyoq bilan ushbu yig'inlarini o'tkazdik. Men Turkiya, Qozog'iston, Bolgariyalik sportchilar bilan oldindan dost edim. Ushbu yig'inda esa bir-birimizni sog'inib qolgan ekanmiz, biz yanayam yaqinroq dostlashib ketdik. Bu kabi xalqaro o'quv yig'in mashgulotlari har bir sportchi uchun katta tajriba maydonidir.

- Kelgusidagi rejalaringiz.

- Albatta, oldinda turgan halqaro Olimpiada litsenziyon turnirlariga puxta tayyorgarlik ko'rish hamda o'z ustimda yanada ko'proq ishlashni rejalashtirganman.

Maqsadim, jahon sport arenalarida g'alaba shohsuppasining eng yuqori pogonasidan o'rin olib, Vatanimiz madhiyasi yangrashi va O'zbekiston bayrogini yuqoriga ko'tarish uchun bor kuchimni safarbar etish.

Muborak Yakubova suhbatlashdi.