Qilichbozlik bo'yicha musobaqalar haqida bilasizmi?

MUSOBAQA ISHTIROKCHISINING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI

1. Musobaqa qatnashuvchilari:

- musobaqa to`g`risidagi nizomni, dasturni, musobaqa qoidalarini bilishga va ular talablarini qat'iy ravishda bajarishga;

- bellashuv olib borilishi qoidalariga qat'iy amal qilishga, raqib va hakamlar bn xushmuomalada bo'lishga, intizomli va uyushgan bo`lishga;

-har bir qurol turi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq bo'lgan pokiza, toza va yaxshi moslangan kastumda musobaqaga chiqishga;

- bellashuv maydonida qoidalarga muvofiq bo`lgan qurol va anjomlar bilan hozir bo`lishga;

- bellashuv boshlanishidan oldin va u tugaganidan keyin qurol bilan hakamni, raqibni va tomoshabinlarni olqishlashga;

- musobaqaga aniq belgilanga vaqtda hozir bo`lishga, kotibning chaqirishi bo'yicha zudlik bilan bellashuv maydoniga chiqishga (uzrli sabablarga chiqishda ushlanishlarga faqat katta hakamning ruxsati bilan ijozat beriladi);

- har bir bellashuvda g`laba uchun kurashishga majburdirlar.

2. Qatnashchilarga:      

- hakamlar ishiga aralashish, ular bilan tortishish yoki tashqi qiyofa bilan hakamlikka norozilik bildirish;

- qo`pol zarbalar (sanchishlar) yetkazish, ataylab yiqilish, urib qaytarish, qurolni tortib olish yoki shikastlanadigan yuzani qurolsiz qo'li bilan berkitish, to`qnashib ketish;

- katta hakam natijani e'lon qilmaguncha, niqobni yechish;

- musobaqalarni davom ettirishdan bosh tortish (kasallik bundan mustasni);

- bellashuv maydonini katta hakam ruxsatsiz tark etish taqiqlanadi.

3. Ishitirokchi o'ziga yetkazilgan sanchishni (zarbani) tan olishga haqlidir, lekin katta hakam arizaga ko`ra sanchishni (zarbani) hisoblashga majbur emas va qarorni o`zi chiqaradi. Agar ishtirokchi quroli yoki kastumining tuzuk bo'lmagani sababli bellashuvni davom ettira olmasa, u hakamga bellashuvni to`xtatish to`g`risida murojaat qiish huquqiga ega.

B. Nazirov: "Qilichbozlik" - uslubiy qo`llanma 43-bet.