Bugun Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda “Yangi nafas” sport va ijtimoiy harakati doirasida “Save Aral” marafoni oʻtkazildi. Musobaqa Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
Marafonga 2 000 nafarga yaqin viloyat boshqarma va tashkilotlarining xodimlari, taʼlim muassasalari oʻquvchi-talabalari, mahalla fuqarolari hamda uyushmagan yoshlar jalb etildi. Musobaqa ishtirokchilari Amir Temur maqbarasi oldidan startga chiqib, Universitet xiyobonini aylanib oʻtgan holda viloyat musiqali drama teatri oldida oʻrnatilgan marra chizigʻi, yaʼni “finish”gacha boʻlgan masofani bosib oʻtishdi.
Marafon ishtirokchilari tomonidan quyidagi natijalar qayd etildi.
2003-2004-yillarda tugʻilgan yoshlar (oʻgʻillar):
1-oʻrin – Mamatqulov Javohir;
2-oʻrin – Ismoilov Islombek;
3-oʻrin – Mahkamov Islomjon.
2003-2004-yillarda tugʻilgan yoshlar (qizlar):
1-oʻrin – Toʻxanova Madinabonu;
2-oʻrin – Normurodova Dilnoza;
3-oʻrin – Toʻychiyeva Zarnigor.
Mutloq (oʻgʻillar):
1-oʻrin – Nazarov Ilhom;
2-oʻrin – Bekov Bekzod;
3-oʻrin – Ortiqov Baxtiyor.
Mutloq (qizlar):
1-oʻrin – Azamatova Muhayyobonu;
2-oʻrin – Ergasheva Halima;
3-oʻrin – Tohirova Aziza.
“Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasi boʻyicha:
Shergetova Parvina.
“Eng yoshi katta ishtirokchi” nominatsiyasi boʻyicha:
Gilmanov Komil,
Rafiyev Hamroqul.
Musobaqa tashkilotchilari tomonidan marafon gʻolib va sovrindorlariga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati