“Taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi

“Taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–5924-sonli qarori ijrosi yuzasidan sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Yurtimizda yoshlarni jismonan sogʻlom va maʼnaviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash, oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, bolalarni qiziqishlariga qarab sport toʻgaraklariga jalb qilish, yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan barcha chora-tadbirlar yuzasidan ijobiy ishlar oʻz isbotini topmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatida yoshlar sport bilan hamnafas boʻlib oʻsishlari va sportga qiziqishlarini yana-da orttirish maqsadida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Taʼtilni sport bilan oʻtkazamiz” shiori ostida musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Viloyat Milliy gvardiyasi, Nurafshon shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamkorligida sportning qoʻl jangi va kurash turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Eʼtiborli tarafi ushbu tadbirda yurtimiz qalqonlari boʻlmish Milliy gvardiya xodimlari yosh sportchilarga mahorat saboqlarini ham oʻtishdi. Bu esa oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusini shakllantirishga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati