Qutlov. 8 dеkabr – O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi kuni

O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh Qomusimizning 28 yilligi bayrami bilan respublikamizning barcha fuqarolarini tabriklaydi. 

1992 yilning 8 dеkabr kuni O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisning XI sеssiyasida mustaqil respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Shu munosabat bilan ushbu sana dam olish kuni sifatida bеlgilab qo`yilgan.

Konstitutsiya erkinlik va ozod hayotning bosh kafolatidir. Adolat mezonlari bilan yo’g’rilgan mamlakatimiz qonunlarida, Inson manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilangani bizning baxtimizdir.

Avvalo, Vatanimiz tinchligiga ko’z tegmasin! Hamisha yurt ravnaqi, ulkan yutuqlar va barqaror taraqqiyot sari intiluvchi xalqimiz sog’-omon bo’lsin, barchamizga farovon hayot nasib etsin.

Barcha yurtdoshlarimizga omad, baxt va eng muhimi salomatlik tilaymiz. Bayram muborak bo`lsin, aziz vatandoshlar!

    O’zQF Matbuot xizmati 

***********
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u.
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oily hakam!