3 dekabrь - Xalqaro nogironlar kuni. Ushbu sana mamlakatimizda ham keng nishonlanmoqda.

Imkoniyati cheklangan bolalarga vazirlik tomonidan sovgʼalar yetkazildi

3 dekabrь - Xalqaro nogironlar kuni. Ushbu sana mamlakatimizda ham keng nishonlanmoqda.

Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizdagi 4-sonli hamda 66-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internati tarbiyalanuvchilariga quvonch ulashdi, ularga sport inventarlari bayram tuhfasi sifatida hadya qilindi.

Dastlab, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori Farrux Mirbabaev boshchiligida mashhur sportchilarimiz Chilonzor tumanidagi 66-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatiga tashrif buyurishdi. Toʼyga toʼyona bilan deganlaridek, shu kuni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligini nishonlashayotgan bolajonlarga homiylar tomonidan berilgan sport jihozlari koʼngillarni togʼdek koʼtardi. 

Shundan soʼng, sportchilar bilan birgalikda tumanda joylashgan 4-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatiga tashrif buyurildi. Bu yerdagi bolalar mehmonlarni oʼziga xos raqs va qoʼshiqlari bilan kutib olishdi va oʼzlariga atalgan sovgʼalarini qabul qilib olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati
minsport.uz