Suhbat. Doniyor Sa`dullayev "Ota - onamning qo'llab quvvatlashi menga kuch-quvvat bag'ishlaydi."

Doniyor Sa`dullayev "Ota - onamning qo'llab quvvatlashi menga kuch-quvvat bag'ishlaydi."

Bugungi bizning suhbatdoshimiz  qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha  Milliy terma jamoa a`zosi Doniyor Sa`dullayev. Mamlakatimizdagi iqtidorli rapirachilar qatorida turuvchi D. Sa`dullayev, O'zbekiston spo'rt ustasi, qilichbozlik bo'yicha respublikada o'tkazilgan turnirlar g'olib va sovrindori, xalqaro Kubok va Chempionatlar ishtirokchisi.

- Doniyor qilichbozlik bilan qachon shug'ullana boshlagansiz?

- Men ushbu jozibador sport turi bilan 15 yoshimdan shug'ullana boshlaganman. Do'stlarim Abror hamda Jonibeklar meni qilichbozlikga qiziqtirishib, o'zlari shug'ullanadigan "Paxtakor" qilichbozlik zaliga olib kelishgan. Shunda u yerdagi yosh spo'rtchilarning sa`y-harakatlarini ko'rib qilichbozlikga bo'lgan qiziqishim yanada ortdi. Ayniqsa, mening birinchi trenerim Rafkat Ruziyev qilichbozlikning rapira yo'nalishida bizlarga bor bilim va mahoratlarini o'rgatib, sekin-asta Respublika bo'yicha o'tkazilgan turnirlarda muvaffaqqiyatli ishtirok etishimga sababchi bo'lgan.

- Sizning yodingizda qolgan unitilmas turnir haqida gapirib bersangiz.

- Tailandda 2018-yilda o'smirlar o'rtasidaa bo'lib o'tgan Osiyo Chempionatidagi bellashuv xotiramda muhrlanib qolgan. Esda qolarli jihati shundaki, men to'p-16talik guruhiga kirish uchun yakkalik bahslarida o'z raqibimga 10-2 hisobi bilan yutqazib turgan payitimda bor kuchimni yig'ib uni yengishga harakat qilganman va buni qaranki ushbu jangni
15-13 hisobi bilan yakunlab, keyingi saralash bosqichida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdim. Biroq keyingi bellashuvda kuchli sakkiztalik guruhiga tushish uchun yaponiyalik raqibim bilan ham xuddi shunday holatning aksi yuzaga kelgan edi. Men 9-1 hisobi bilan jangda yetakchilik qilayotgan edim, shu payt jang vaqtida tanaffus e`lon qilindi, trenerim kerakli ko'rsatmalarni berdi. Afsuski, men raqibimdan oldinda ekanligimdan mamnun bo'lib, biroz vaziyatni qo'ldan chiqardim va natijada ushbu jangni 15-14 hisobi bilan boy berdim. Qilichbozlik yo'lakchasida har bir soniya spo'rtchi taqdirini hal etadi. Shu bois, bellashuv vaqtida sergaklik va hushyorlikni aslo yoqotmaslik kerak.

- Nima uchun siz joriy yil noyabr oyida kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogida ham, bugungi Respublika Chempionati "U-23" turnirida ham 3-o'rinni egalladingiz?

- Menimcha raqiblarimga omad kulib boqdi. Lekin men o'zimga tegishli xulosalani chiqarib oldim va kelgusida o'z ustimda yanayam qattiq ishlayman.

- Sizni jamoadagi eng kuchli raqiblaringiz kimlar?

- Albatta, mening eng yaqin do'stlarim Abror va Jonibek.

- Sizni nima ruhlantiradi?

- Aslida men hamma yaxshi narsalardan ilhomlanaman. Shu bilan birga ota - onamning qo'llab quvvatlashi menga kuch-quvvat bag'ishlaydi.

- Murabbiylaringiz haqida qanday fikrdasiz?

- Xozirgi vaqtda terma jamoadagi murabbiylar tarkibi yangi metodlar bilan mashg'ulotlarni olib borishmoqda.Hozirgi kunda rapira yo'nalishi bo'yicha Vahobjon Murdasov bizlarga bor mahoratini o'rgatmoqda. Jahonga mashxur qilichboz - murabbiy Vladimir Nazlimov ham ushbu ajoyib spo'rt turining sir - asrorlarini bizlarga sitqidildan o'rgatib mashg'ulotlar vaqtida o'z maslaxatlarini berib kelmoqda.

- Bo'sh vaqtingizni qanday o'tqizasiz?

- Men kichkinaligimdan oshpazlikga qiziqaman, shuning uchun bo'sh vaqtimda oshxonada taom pishirish bilan yoqtiraman. Ayniqsa, oshni bir necha turlarini pishirish qo'limdan keladi. Hattoki, shirinliklarni ham maromiga yetqazib pishiraman, ulardan biri "Napaleon" shirinligi (kuladi).

- Oxirgi o'qigan kitobingiz?

 - Nikolas Sparts "Xotira kundaligi" ("Дневник памяти"). Shuningdek, men shaxsni rivojlantirishga bag'ishlangan kitoblarni oqib boraman.

- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

- Hozirgi kunda oldindagi Tokiyo Olimpiyadasiga yo'llanmani taqdim etuvchi eng ahamiystli bo'lgan lisenzyon turnirlarga tayyorgarlik jarayonlarini olib bormoqdamiz. O'quv mashg'ulot yig'inlarida trenerlarim ko'rsatmalariga to'liq amal qilib o'z hatolarim ustimda ishlash bilan bir qatorda raqiblarimning kuchli tomonlarini o'rganishga harakat qilyabman.

Fursatdan foydalanib biz yoshlar ayniqsa spo'rtchilar uchun prezidentimiz hamda hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan qulay imkoniyat va sharoitlar uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Albatta, bunday g'amxo'rlik, e`tibor va ishonch uchun ko'plab spo'rtchilar qatorida men ham nufuzli xalqaro turnirlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, davlatimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarishga intilaman.

Mubarak Yakubova suhbatlashdi.