Аholi sogʻlom turmush tarzi uchun trenerlar biriktirilmoqda

Sirdaryoda mavjud MFYlarga aholi sogʻlom turmush tarzi uchun trenerlar biriktirilmoqda


Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan muntazam ravishda viloyatdagi mahallalar aholisining barcha qatlami va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar oʻrtasida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari, yurish, yugurish sport tadbirlar tashkil etilib borilmoqda.

Jumladan, Oqoltin Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod tumanlari Guliston va Shirin shaharlarida aholi va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida yurish, yugurish, badantarbiya mashgʻulotlari, mini futbol, voleybol hamda mazkur tuman (shahar) sektor rahbarlari ishtirokida “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” (turnikka tortilish, 100-200 metrga va 1 km masofaga yugurish, chalqancha yotgan holda gavdani koʻtarish (press), polga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish (otjimaniya) sinovlari tashkil etildi.

Aholining dam olish kunlari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi hamda ularning hududiy boʻlimlari hamkorligida tashkil etilgan sport tadbirlariga 2000 ga yaqin fuqarolar jalb etildi.

Shuningdek, sport tadbirlari davomi ishtirokchilarni arterial bosimi, tomir urishi, boʻylari, vazn va qorin hajmi qalinliklari oʻlchanib maʼlumotlar bazasi shakllantirildi.

Viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha MFYlarga aholini sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish, ommaviy badantarbiya mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish uchun trenerlar biriktirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati