Ivan Yefrimovga London 2012 bronza medali beriladi

London Olimpiadasidan sakkiz yil oʻtib oʻzbekistonlik sportchi taqdirlandi

Kuni kecha Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi ijroiya kengashining videoaloqa shaklida boʻlib oʻtgan yigʻilishida London 2012 Olimpiyada oʻyinlarida velosport va ogʻir atletika sport turlaridagi natijalar qayta koʻrib chiqildi.
Biz uchun ahamiyatli jihati ogʻir atletika boʻyicha 105 kg vazn toifasida Olimpiya chempioni Ivan Toroxtiy doping tufayli oltin medaldan mahrum qilingan. Oltin eronlik Navaf Nosirshalalga, kumush polyak Bartolomey Bonkga nasib etdi. 
Bronza oʻzbekistonlik Ruslan Nurutdinovga nasib qilishi mumkin edi, ammo u 2019-yil may oyida Londonda oʻtkazgan natijalari bekor qilinib, diskvalifikatsiya qilindi. Dastlabki natijalarga koʻra beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan yana bir yurtdoshimiz Ivan Efremov bronza medali sohibiga aylandi.
Maʼlumot uchun: Ivan Yefrimov 1986-yil 9-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Ogʻir atletika boʻyicha AQSHning Xyuston (2015) va Anaxaym (2017) shaharlarida oʻtkazilgan jahon chempionatlari sovrindori. Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati sovrindori.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati