Toshkent viloyatida ommaviy sport targiboti
Toshkent viloyatida doimiy ish bilan band boʻlgan aholi qatlami dam olish kunlarida sportga jalb etilmoqda
Aholi oʻrtasida yurishni targʻib qilish va yoshlarga oʻrnak koʻrsatish muhim ahamiyatga ega. Erta tongdan badantarbiya bilan shugʻullanish jismoniy salomatlikni oshirish bilan birga, insonning kayfiyatini koʻtaradi.
Kun davomida faol boʻlib, har bir vazifaga ishtiyoq bilan kirishadi. Sport bilan muntazam shugʻullanish kasalliklarning oldini oladi, sogʻlom va uzoq umr koʻrishga yordam beradi.
Jumladan, Toshkent viloyatining har bir hududida mahalliy aholining salomatligini mustahkamlash yoʻlida va ularni doimiy sportga jalb etish borasida muntazam ravishda ommaviy sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Nurafshon shahrida tashkil etildi va unda hafta davomida doimiy ish bilan band aholi qatlamini dam olish kunlarida sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish maqsadida shahar markazidagi oʻyingohga taklif etildi.
Dastavval tadbir ishtirokchilari tetiklashtiruvchi badantarbiya mashqlariga jalb etildi. Shundan soʻng “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoniga start berildi.