Oʻzbekiston mohir sportchilar yurti

"Yurt qahramon oʻgʻlonini kutganda"

Yurtimizda asrlar davomida necha-necha alpqomat, zabardast, kuchli pahlavonlar yetishib chiqgan. Bugungi kunga kelib buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo'lgan, jahon sport arenalarini zabt etayotgan, Oʻzbekistonimiz sharafini dunyoga taratayotgan sportchilarimiz bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Ana shunday mohir sportchilar orasida oʻzbek boks sporti atletlarining nufuzli xalqaro turnirlarda erishayotgan ulkan g'alabalari e`tirofga sazovor.

15 noyabr kuni tongda super oʻrta vazn toifasida WBO Intercontinental va WBA Continental Americas kamarlari sohibi, Olimpiyada oʻyinlari sovrindori, koʻp karra Osiyo va Oʻzbekiston chempioni Bektemir Meliqoʻziyev AQSHdan yurtimizga qaytib keldi.

24 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatiga hali koʻp vaqt boʻlmagan boʻlsada bir yoʻla 2 ta kamarga egalik qilmoqda, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Yaqinda meksikalik Alan Kampa bilan koʻch sinashgan hamyurtimiz 2-raundda nokdaunt va 3-raundda nokaut hisobini qayd etib, professional boksdagi 6 jangini 6 gʻalaba va 5 nokaut bilan tantana qildi.

«Oʻzbekiston iftixori» iqtidorli sportchimizni kutib olishga Toshkent xalqaro aeroportiga, murabbiylar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy sport klubi rahbariyati va boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Harbiy orkestr joʻrligida yurtimizning qahramon oʻgʻloni kutib olindi.

Ta`kidlash joizki, Bektemir Meliqoʻziyevning bu kabi yuksak natijalari o'sib kelayotgan yosh iqtidorli sportchilar uchun havas qilarli katta ibrat maktabini o'taydi. har qanday yutuq ortida mashaqqatli mehnat borligi, zahmatkash murabbiylar xizmati turadi. Sportchi uchun eng avvalo Vatan, ota-ona va o'z xalqi oldidagi burchi va unga bildirilgan ishonchni oqlash muhim ahamiyatga ega.

Bu kabi sharafli vazifani munosib tarzda uddasida chiqa olgan yengilmas Bektemir Meliqoʻziyevni ushbu g`alabasi bilan tabriklaymiz va unga mustahkam sog'lik hamda kelgusidagi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati