Sirdaryoda sog'lom turmush tarzi
Bugun yurtimiz boʻylab “YANGI OʻZBEKISTON—YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida ommaviy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur tadbirlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib etish va xotin-qizlarni bandligini taʼminlashga qaratilgan “5 ta muhim tashabbus” mazmun, mohiyatini yurtdoshlarimizga yetkazish hamda targʻibot va tashviqot qilishni oʻz oldiga maqsad qilgan.
5 ta muhim tashabbusning sport yoʻnalishi boʻyicha Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida sport tadbirlari keng tashkil etilmoqda.
Sport tadbirlari davomida sportchilar va murabbiylar tomonidan aholiga jismoniy tarbiya va sport inson salomatligiga ijobiy taʼsiri, ayniqsa pandemiya davrida sport bilan shugʻullangan holda yuqumli boʻlgan kasalliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, sport bilan shugʻullanishlari uchun aholiga hududlar kesimida bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va ularning filiallari sport inshootlari, mavjud sport turlari, biriktirilgan trenerlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Tadbirlar davomida nafas gimnastikasi va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarini uy sharoitida tashkil etish yuzasidan mahorat darslari (master klass) koʻrsatib berildi.