Surxondaryoda viloyati boʻylab “Yangi Oʻzbekiston– yangicha dunyoqarash” shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda
Yoshlarni madaniyat, sanʼat va jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib etish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbus mazmun mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targʻibot tadbirlarini ommaviy ravishda tashkil qilish maqsadida mamlakatimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekiston yangicha dunyoqarash” shiori madaniy maʼrifiy, sport tadbirlari keng tashkil etilmoqda.
.Yurtimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar, olib borilayotgan islohotlarga insonlarni daxldorlik hissini yana-da oshirishga xizmat qiluvchi mazkur loyiha Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida boshlanib ketdi.
Alpomishlar yurti hisoblangan Surxon vohasida hech bir bayram, xalq sayli yoʻqki, milliy qadriyatimiz Kurashsiz oʻtsa.
Anʼana bu gal ham davom ettirildi.
Dastlab Angor tumani “Ulugʻbek” mahallasida joylashgan 29-maktabda, tuman hokimligi, tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi va BOʻSM hamkorligida yosh kurashchilarimizning koʻrgazmali chiqishlari, madaniy maʼrifiy, koʻngilochar dasturlar yigʻilganlarga namoyish etildi.
Termiz tumanida 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida voleybol, futbol musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Shoʻrchi tumanidagi 1-BOʻSM zalida Karate, taekvondo va kurash boʻyicha kichik turnir bahslari yigʻilganlarda katta taʼsurot qoldirdi.
Barcha ishtirokchilar tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
“Yangi Oʻzbekiston yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targʻibot tadbirlari viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.