Nishon tumani markaziy oʻyingohining qarovsiz holatga tushib qolganligi toʻgʻrisidagi sharhsiz lavhaga rasmiy munosabat

Nishon tumani markaziy oʻyingohining qarovsiz holatga tushib qolganligi toʻgʻrisidagi sharhsiz lavhaga rasmiy munosabat

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi markaziy oʻyingohning qarovsiz, tashlandiq holatga kelib qolganligi aks etgan videorolik tarqaldi.

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi.

Yaqinda Qashqadaryo viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sh.Igamberdiyev, Nishon tumani hokimi M.Xayitmurodov, tuman hokim oʻrinbosari S.Xudoyqulov, Nishon tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi A.Xusanovlar oʻyingohga tashrif buyurib, ahvolni batafsil oʻrgandi.

Nishon tumani Markaziy oʻyingohi 1995-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan boʻlsa, hozirgacha hech qaysi tashkilot qaramogʻida boʻlmagan. Moddiy-texnik baza mavjud emasligi bois, qarovsiz holga kelib qolgan.

Ushbu oʻyingoh masalasi tuman hokimligida muhokama qilindi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman markazidagi Bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi ixtiyoriga huquqiy rasmiylashtirib beriladigan boʻldi.

Shuningdek, tegishli tashkilotlarga ushbu stadiondan vaqtincha foydalanib turish uchun, qisman taʼmirlash ishlarini bajarish yuklatildi. Qolaversa,

2021-yili toʻliq zamonaviy taʼmirdan chiqarish ishlari uchun davlat dasturiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati