Rapirachi Janibek Xalmuratov O'zbekiston Kubogi g'olibi
Rapirachi Janibek Xalmuratov O'zbekiston Kubogi g'olibi
O'zbekiston Kubogi doirasida qilichbozlikning rapira yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan shaxsiy-yakkalik bahslarida Janibek Xalmuratov g'olib bo'ldi. Ushbu musobaqada respublikamiz viloyatlaridan kelgan jami 29 nafar atletlar birinchilik uchun kurash olib borishdi.
Musobaqaning yarim final bosqichida Solihojiyev Ahmadilloxon hamda Asranov Muhammadyusuf o'zaro bahsga kirishdi. Bellashuvda Solihojiyev Asranovni 15-9 hisobi bilan mag'lub etdi va final mosqichiga yo'l oldi.
Shuningdek musobaqaning yarm final bellashuvlarida Xalmuratov Janibek va Doniyor Sadullayev ham jang olib borishdi. Natijada Doniyor ushbu kurashda 15-10 hisobi bilan raqibi Janibekga kurashni boy berdi. Shu tariqa J.Xalmuratov final bosqichida A.Solihojiyev bilan uchrashdi.
Ta'kidlash kerakki, final bosqichidagi juda ham keskin va murosasiz kechgan jangda mohir qilichbozlar Axmadulloxon va Janibek bellashuvning so'ngi daqiqalarigacha g'alaba uchun teng ustunlikka ega edi. Biroq bellashuvning ohirgi soniyalarida Janibek hisob bo'yicha oldinga chiqib oldi va o'z raqibini yengishga muvaffaq bo'ldi. Hisob 15-13. Xalmuratov g'alaba shoxsuppasidagi eng yuqori pog'onadan joy oldi va turnirning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Yakuniy natijalar esa quyidagicha:
1. Janibek Xalmuratov - Toshkent
2. Ahmadillaxon Solixojiyev - Andijon
3. Asranov Muhammad Yusuf - Andijon
3. Doniyor Sadullayev - Toshkent
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati.