Jizzaxda “Rahbar kubogi” musobaqasiga start berildi

Jizzaxda “Rahbar kubogi” musobaqasiga start berildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan shu yil 7-28-noyabr kunlari mini-futbol boʻyicha “Rahbar kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Musobaqa viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari maʼmuriyat xodimlari oʻrtasida tashkil etilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad, jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanish hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish orqali har bir xodimda har qanday kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo boʻlishini taʼminlash, zararli odatlardan voz kechish va ortiqcha vaznni yoʻqotishga xizmat qilishdan iborat.

Qurʼa yordamida 19ta jamoa 4 guruhga taqsimlandi. Bugun musobaqaga start berildi va “Rahbar kubogi” sohibi 28-noyabr kuni maʼlum boʻladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati