Samarqandda ommaviy yurish hamda badantarbiya mashqlari oʻtkazildi
Samarqandda ommaviy yurish hamda badantarbiya mashqlari oʻtkazildi
Bugun ertalab Samarqand shahridagi Kimyogarlar shaharchasida yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar ishtirokida “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam!” shiori ostida ommaviy yurish hamda badantarbiya mashqlari oʻtkazildi.
Ommaviy yurishda ishtirok etuvchilar “Nurafshon” madaniyat saroyi oldidan Umid va Chinobod koʻchalari boʻylab harakatlandi hamda badantarbiya mashqlarini bajardilar.
- Farzandlarim, nabiralarim bilan har kuni kamida uch ming qadam yuramiz, - deydi mehnat faxriysi Mizrob Haydarov. - Ertalabki badantarbiya mashqlaridan soʻng nonushta qilib, ishga yoki oʻqishga otlanamiz. Bu mashqlar kun davomida tetik boʻlishimizga xizmat qiladi.
Taʼkidlash joiz, bu kabi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.
Matbuot xizmati