Respublikamiz boʻylab aholini ommaviy sportga keng jalb qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasida pandemiya davrida jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targʻib etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan ommaviy yurish marafoni ommaviy sport tadbirlarining mantiqiy davomi va chinakam sport bayrami boʻldi.
Bugun “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi. Yurish marafoniga Nukus shahridagi flagshtok maydonidan start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib oʻtgach, shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Shuningdek, Qashqadaryoda ham sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatda ommaviy sport tadbirlari doimiy oʻtkazib kelinmoqda.
Qoraqalpogʻistonda boʻlgani kabi Qashqadaryoda ham “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Bunday tadbirlar Respublikamizning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati