Xorazmda ommaviy sport tadbirlari davom etmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi doirasida aholini barcha qatlamlarini doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Xorazm viloyatining chekka tumanlarida ham aholining barcha qatlamlarini sogʻlom turmush tarziga chorlovchi ommaviy sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday jismoniy tarbiya va sport tadbirlari joriy yilning 26-oktyabr kuni Gurlan tumanida tashkil qilindi. Tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkillashtirilgan ommaviy badantarbiya mashqlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi ommaviy yurish musobaqalarida 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholi qatlami keng qamrab olindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati