Samarqandda ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazilmoqda

Samarqandda ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazilmoqda

 

Mamlakatimizda karantin qoidalarining yumshatilishi munosabati bilan keng aholini sogʻlom hayotga qaytarish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli ommaviy sport tadbirlari muntazam tashkil etilib kelinmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan ertalabki nafas mashqlari hamda ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi.

Toza havoda yurish va ertalabki badantarbiya organizmning bir maromda ishlashi, immunitetning oshishiga xizmat qiladi.

Erta tongdan Samarqand shahrida “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida oʻtkazilgan yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari shular jumlasidandir.

Ushbu oʻtkazilgan ommaviy yurish marafoni “Sport haftaligi” doirasidagi ommaviy sport tadbirlarining mantiqiy davomi va chinakam sport bayrami boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

- Sogʻlom turmush tarzini koʻpchilik faqat toʻgʻri ovqatlanish, gigiyenik talablarga rioya qilishda, deb tushunadi. Toza havoda yurish va ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish ham inson organizmining bir maromda ishlashi hamda immunitet hosil boʻlishiga xizmat qiladi. Salomatligingiz uchun ertalab 10-15 daqiqa sport bilan shugʻullanishni tavsiya etaman dedi - 80 yoshli sport faxriysi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati