Respublikamizning barcha hududlarida ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda

Respublikamiz boʻylab sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, aholi ayniqsa yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, piyoda yurish aksiyasi va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari shular jumlasidandir.

Buxoroda “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz”, Qashqadaryo va Namanganda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiorlari ostida yurish hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.

Bugun erta tongdan Qarshi shahridagi temiryoʻl vokzali xiyobonida ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi hamda shu atrofdagi tashkilotlar xodimlari ishtirokida yurish hamda badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Buxoro viloyati Vobkent tumanida ham “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” shiori ostida yurish marafoni oʻtkazildi. Mazkur marafon Gʻafur Gʻulom koʻchasidan Vobkent tumani oʻyingohigacha boʻlgan masofada tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, tibbiyot xodimlari, tuman kengashi deputatlari hamda nuroniylar ishtirokida yurish marafoni tashkil etildi. Ushbu marafonda 14 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan ming nafarga yaqin aholi ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati