Buxoroda “Sogʻlom hayot sari qadam” shiori ostida marafon boʻlib oʻtdi

Pandemiya davrida jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targʻib etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Buxoro viloyatida 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan viloyat markazida “Sogʻlom hayot sari qadam” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.

Ushbu ommaviy tadbirda viloyat mutasaddilari, keksalar va nuroniylar, ayollar va yoshlar belgilab berilgan masofani piyoda bosib oʻtishdi. Taʼkidlab oʻtish lozim ushbu tashkil etilgan ommaviy sport tadbirida 3000ga yaqin aholi ishtirok etdi.

Zero sogʻlom tanda sogʻ aql deganlaridek ayni paytda kasallikka qarshi kurashishda sport bilan shugʻullanish oʻz ijobiy samarasini bermasdan qolmaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati