Jismoniy tarbiya va sport sohasining bir guruh fidoyilari yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz hukumatimiz tomonidan faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Quvonarlisi, ular safida bir guruh jismoniy tarbiya va sport sohasi fidoyilari ham bor:
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan:
Musayev Abdurashit Ibraximovich – Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining eshkak eshish bo‘yicha katta murabbiyi, Toshkent viloyati
Xodjayev Ravshan Ilxanovich – Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Buxoro viloyati
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:
Azizov Alixan Sharapovich – Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bosh murabbiyi
“Do‘stlik” ordeni bilan:
Zvonova Yelena Yurevna – Muborak tumanidagi 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Ibragimov Anatoliy Kasimovich – Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo‘yicha murabbiyi
Yuldashev Saydali Aripovich – Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining shaxmat bo‘yicha murabbiyi
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
Abduvaliyev Andrey Xakimovich – Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori
“Shuhrat” medali bilan:
Karabekov Jurabek Tadjibayevich – Zarbdor tumanidagi 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati
Xodjayev Anvar Zakirovich – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining og‘ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati